Maxfiylik siyosati
Tahrir: 2026-yil 2-oktabr
Kasbo — ish e’lonlari xizmati: kasbo.uz sayti, @kasbouzbot Telegram-boti, @kasbouz kanali va iOS hamda Android ilovalari. Bu yerda biz qanday ma’lumot olishimiz va undan nima uchun foydalanishimiz yozilgan.
Ish izlovchilar
Sayt va ilovalardan ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalaniladi, ular ism, telefon yoki joylashuvingizni so‘ramaydi. Tanlangan til faqat qurilmangizda saqlanadi. Server xavfsizlik va nosozliklarni topish uchun texnik jurnal yuritadi: IP-manzil, so‘rov vaqti va sahifa manzili. «Telegramda yozish» tugmasi bot orqali ishlaydi: bot Telegram ID’ingizni va qaysi vakansiya bilan bog‘langaningizni yozib qo‘yadi — ish beruvchiga murojaatlar sonini ko‘rsatish uchun.
Ish beruvchilar
Vakansiyani bot orqali yuborganingizda biz Telegram ID, foydalanuvchi nomi, ism, telefon raqami va e’lon matnini saqlaymiz. Telefon raqami va e’lon matni ommaviy: ular kanalda, saytda va ilovalarda chiqadi — e’lonning maqsadi shu.
Uchinchi tomonlar
E’lon matnini chiroyli qilish va rus tiliga tarjima qilish uchun Google Gemini’dan foydalanamiz. Unga faqat ish haqidagi ma’lumot yuboriladi: telefon raqami, foydalanuvchi nomi va kompaniya nomi yuborilmaydi. Ma’lumotlar Yevropadagi serverda saqlanadi. Reklama va kuzatuv tizimlari yo‘q.
Saqlash va o‘chirish
E’lon 30 kun faol bo‘ladi, keyin yopiladi. E’loningizni istalgan vaqtda botdagi «Mening e’lonlarim» bo‘limidan o‘chirishingiz mumkin. Barcha ma’lumotlaringizni o‘chirish uchun botga yozing.
Bog‘lanish
Savollar va so‘rovlar: Telegram-bot @kasbouzbot.