Yordam

Qisqa javoblar va batafsil qo‘llanmalar.

Ko‘p beriladigan savollar

Ro‘yxatdan o‘tish kerakmi?

Yo‘q. Akkaunt birinchi kirganingizda ochiladi: telefon raqamingizni kiriting, Telegram'dagi @kasbouzbot botidan kod oling va uni saytga yozing. Parol kerak emas.

Saytga kirish va ro‘yxatdan o‘tish
Kod kelmayapti. Nima qilish kerak?

Kodni SMS emas, Telegram'dagi @kasbouzbot boti yuboradi. Botni oching: u raqam so‘rasa, «Raqamni yuborish»ni bosing. Yangi kodni bir daqiqadan keyin so‘rash mumkin. Kodni o‘zingiz ham olishingiz mumkin — botdagi «Kirish kodi» tugmasi bilan.

Saytga kirish va ro‘yxatdan o‘tish
Vakansiyaga qanday javob beriladi?

Kartadagi yoki vakansiya sahifasidagi «Javob berish»ni bosing. Kirmagan yoki rezyumeni to‘ldirmagan bo‘lsangiz, sayt avval shuni so‘raydi. «Rezyumesiz ham bo‘ladi» belgisi bor vakansiyaga rezyumesiz ham javob berish mumkin.

Vakansiya topish va javob berish
Nega javob berishdan oldin rezyumeni to‘ldirish kerak?

Rezyume — ish beruvchi ko‘radigan ma’lumot: ism, kasb, ish tajribasi. Yana aloqa usuli kerak: ulangan Telegram yoki rezyumedagi telefon. «Rezyumesiz ham bo‘ladi» belgisi bor vakansiyalar ham bor: ularga ism va aloqa usulining o‘zi yetadi.

Rezyumeni to‘ldirish
Ish beruvchi nima deb javob berganini qanday bilaman?

Ish izlovchi kabinetidagi «Mening javoblarim» bo‘limini oching: har bir javobda holat yozilgan. Uchrashuvga taklif va ish taklifi haqida bot Telegram'ga ham yozadi.

Javob berganingizdan keyin nima bo‘ladi
Telefon raqamimni kim ko‘radi?

Rezyumedagi telefonni siz javob bergan vakansiya egasi ko‘radi; rezyumesiz javob bergan bo‘lsangiz — javobda qoldirgan raqamingizni. Saytga kirishda ishlatadigan raqamingiz ish beruvchilarga ko‘rsatilmaydi. Nomzodlar tanlovida telefon siz uchrashuvga rozi bo‘lmaguningizcha yashirin turadi.

Rezyumeni to‘ldirish
Bot yuborayotgan vakansiyalarni qanday to‘xtataman?

Ish izlovchi kabinetidagi «Ish qidiruvi» bo‘limida «To‘xtatish»ni bosing. Qayta yoqish — «Qidiruvni yoqish».

Ish qidiruvi: Kasbo siz uchun qidiradi
Qidiruvim bo‘yicha yangi vakansiyalarni qanday olib turaman?

Vakansiyalar sahifasida so‘rov, hudud yoki filtrni ko‘rsating va «Shu qidiruvga obuna bo‘lish»ni bosing. Yangi mos vakansiyalarni bot Telegram'ga bitta xabar bilan yuboradi — kuniga bir martadan ko‘p emas. Obunalar ish izlovchi kabinetidagi «Mening obunalarim» bo‘limida turadi.

Qidiruvga obuna: yangi vakansiyalar Telegram'da
Vakansiyani qanday joylayman?

Sayt tepasidagi «Vakansiya e’lon qilish»ni bosing, formani to‘ldiring va «Tekshiruvga yuborish»ni bosing. Moderator tekshirgach, vakansiya saytda, ilovada va kanalda chiqadi.

Vakansiyani qanday joylash
Nechta vakansiya joylash mumkin va qancha muddatga?

Bir kunda uchtadan ko‘p emas. E’lon 30 kun faol bo‘ladi; uni kabinetdagi vakansiya sahifasida «Yana 30 kunga uzaytirish» tugmasi bilan uzaytirasiz.

Vakansiyani uzaytirish, to‘xtatish yoki yopish
Xodim topildi. Vakansiyani qanday olib tashlayman?

Ish beruvchi kabinetida vakansiyani oching va «Ish topildi — yopish»ni bosing. Vaqtincha olib qo‘yish kerak bo‘lsa — «Vaqtincha to‘xtatish». Saytda e’lonni o‘chirib bo‘lmaydi: u yopiladi yoki to‘xtatib qo‘yiladi, kelgan javoblar esa kabinetda qoladi.

Vakansiyani uzaytirish, to‘xtatish yoki yopish
Ish beruvchi nomi yonidagi belgi nimani bildiradi?

Ish beruvchini Kasbo moderatori tekshirgan. Belgini moderator qo‘yadi; ish beruvchi nomini o‘zgartirsa, u olib tashlanadi.

Tekshirilgan ish beruvchi belgisi
Saytda ish beruvchi yoki nomzodga qanday yozaman?

«Chatda yozish»ni bosing: ish izlovchi — javobida, vakansiya sahifasida yoki «Bog‘lanish» panelida, ish beruvchi — o‘z vakansiyasi sahifasidagi javobda yoki nomzodda. Barcha yozishmalar kabinetdagi «Xabarlar» tugmasi ostida turadi.

Xabarlar: ish beruvchi va nomzod bilan chat
Telefon raqamni qanday almashtiraman yoki akkauntni o‘chiraman?

Kabinetda «Sozlamalar»ni bosing. Raqam «Raqamni o‘zgartirish» tugmasi bilan — bot orqali almashtiriladi. Akkaunt «Akkauntni o‘chirish» bo‘limida Telegram'dagi kod bilan o‘chiriladi.

Sozlamalar: Telegram, raqam, xabarlar, akkauntni o‘chirish

Bilimlar bazasi

Kirish va akkaunt

Ish izlovchilar uchun

Ish beruvchilar uchun