Ish izlovchilar uchun
Ish qidiruvi: Kasbo siz uchun qidiradi
Kasbo rezyumengizga mos vakansiyalarni o‘zi tanlaydi va Telegram'ga yuboradi — kuniga uchtadan ko‘p emas. Qidiruvni istalgan payt to‘xtatib qo‘yish mumkin.
Qidiruv ishlashi uchun nima kerak
Rezyumeda tuman va eng kam maosh bo‘lishi kerak. Biror narsa yetishmasa, kabinetdagi «Ish qidiruvi» bo‘limi nimani qo‘shish kerakligini aytadi. Mos ishlar Telegram'ga kelishi uchun u ulangan bo‘lishi kerak.

Mos vakansiyalarni ko‘ring
Ish izlovchi kabinetida «Sizga mos ishlar» bo‘limi paydo bo‘ladi. Har bir vakansiya ostida u nega mos kelgani yozilgan: kasb, tuman, maosh, grafik. «Javob berish»ni bosing — vakansiya sahifasi ochiladi. To‘g‘ri kelmasa, «Qiziq emas»ni bosing — bu vakansiyani boshqa ko‘rsatmaymiz.

Qidiruvni to‘xtatib qo‘ying
«Ish qidiruvi» bo‘limida «To‘xtatish»ni bosing. Kasbo vakansiya yubormay qo‘yadi, ish beruvchilar esa sizni nomzodlar tanlovida ko‘rmaydi. Qayta yoqish uchun «Qidiruvni yoqish»ni bosing.
Qidiruvni Telegram'ning o‘zida ham to‘xtatish mumkin — bot yuborgan vakansiya ostidagi «Qidiruvni to‘xtatish» tugmasi bilan.

Ish beruvchilar ham sizni ko‘radi
Qidiruv yoqilgan ekan, mos vakansiyalar egalari sizni tanlovda ko‘radi: ism, kasb, tuman, maosh va grafik bo‘yicha talablaringiz hamda o‘zingiz haqingizda yozganingiz. Telefon va Telegram'dagi nomingiz faqat uchrashuvga rozi bo‘lganingizdan keyin ochiladi.