Yordam

Ish izlovchilar uchun

Vakansiya topish va javob berish

Vakansiyalarni kirmasdan ko‘rish mumkin. Ish beruvchining telefonini ko‘rish, javob berish yoki saralanganlarga qo‘shish uchun kirish kerak bo‘ladi.

  1. Vakansiyalarni qidiring

    Bosh sahifadagi qidiruvdan boshlang yoki sayt tepasidagi «Vakansiyalar»ni oching. «Kasb yoki kompaniya» maydoniga kim bo‘lib ishlamoqchi ekaningizni yozing. Ro‘yxatdan hududni tanlang — yoki «Butun O‘zbekiston»ni qoldiring. «Qidirish»ni bosing.

    Hudud tanlangach, vakansiyalar sahifasida ikkinchi ro‘yxat — «Barcha tumanlar» paydo bo‘ladi. Undan tumanni tanlang va yana «Qidirish»ni bosing.

    Qidiruv ostidagi tugmalar bir bosishda qidiradi: «Sotuvchi», «Kuryer», «Oshpaz» — kasb bo‘yicha, «Qo‘shimcha ish», «Vaxta», «Tajribasiz» — shartlar bo‘yicha. Qidiruv ikkala tilni tushunadi: keng tarqalgan kasbni o‘zbekcha yoki ruscha yozing — ikkala nomdagi vakansiyalar topiladi.

    Vakansiyalarni qidiring
  2. Qidiruvni filtrlar bilan aniqlang

    Vakansiyalar sahifasida qidiruv ostida filtrlar bor; har bir band yonidagi qavs ichida — u nechta vakansiya berishi:

    — «Istalgan maosh» — quyi chegarani tanlang, masalan 4 mln so‘mdan;

    — «Istalgan grafik» — to‘liq kun, smenali grafik, yarim kun yoki vaxta;

    — «Tajribasiz» belgisi — faqat tajribasiz ham olinadigan vakansiyalar;

    — «Avval yangilari» yoki «Maosh bo‘yicha» — vakansiyalar qaysi tartibda ko‘rsatilishi.

    «Qidirish»ni bosing. Filtrlar sahifa manzilida saqlanadi: shu havolani saqlab qo‘ysangiz yoki boshqaga yuborsangiz, o‘sha ro‘yxat ochiladi.

    Qidiruvni har kuni takrorlamaslik uchun uning ostidagi «Shu qidiruvga obuna bo‘lish»ni bosing: yangi vakansiyalar Telegram'ga keladi.

    Qidiruvni filtrlar bilan aniqlang
  3. Kartaga qarang

    Kartada logotip, vakansiya va kompaniya nomi, belgilar — masalan, «Tajribasiz», «To‘lov: haftada bir» yoki «Rezyumesiz ham bo‘ladi», — maosh, joy va grafik ko‘rinadi. «Birinchilardan bo‘lib javob bering» degan yalpiz rang belgi chiqqaniga bir hafta bo‘lmagan va uchtadan kam odam javob bergan vakansiyalarda turadi. Tugmalar qatori oxirida vakansiya qachon chiqqani yozilgan: «Bugun», «Kecha» yoki sana. Kompaniya nomi uning sahifasiga olib boradi.

    Kartaga qarang
  4. Vakansiyani oching

    Vakansiya nomini bosing — uning sahifasi ochiladi: manzil, ish shartlari, talablar va aloqa tugmalari. Manzil yonida «Xaritada» havolasi bor: u shu manzilni Yandex Xaritalarda ochadi. Yulduzcha yonida «Telegram'da ulashish» belgisi bor: u Telegram'ni vakansiya havolasi bilan ochadi. Sahifada yana «Moderator tekshirgan» belgisi va ish beruvchi reytingi turadi.

    Vakansiyani oching
  5. «Javob berish»ni bosing

    Tugma kartada ham, vakansiya sahifasida ham bor. Sahifada «Ish beruvchiga xabar (ixtiyoriy)»ni ochib, o‘zingiz haqingizda ikki og‘iz yozishingiz mumkin. Ish beruvchi rezyumengizni va raqamingizni ko‘radi.

    Kirmagan bo‘lsangiz, sayt avval kirish sahifasini ochadi. Rezyume to‘ldirilmagan bo‘lsa, uni to‘ldirishni so‘raydi va vakansiyaga qaytaradi.

    Javobdan keyin sahifada «Javob yuborildi» yozuvi va «Mening javoblarim» havolasi chiqadi.

    «Javob berish»ni bosing
  6. Javob bilan birga savol bering

    Vakansiya sahifasida javob tugmasi ustida «Ish beruvchidan so‘rang — savol javobingiz bilan birga ketadi» degan yozuv va beshta tayyor savol bor: «Vakansiya hali ochiqmi?», «Ish grafigi qanday?», «Ishga qachon chiqish mumkin?», «Ish joyi qayerda?», «Maosh qanday to‘lanadi?». Savolni bosing — u ish beruvchiga xabarga qo‘shiladi; bir nechtasini tanlash va o‘zingiznikini qo‘shib yozish mumkin. Keyin «Javob berish»ni bosing.

    Javob bilan birga savol bering
  7. Rezyumesiz javob bering

    «Rezyumesiz ham bo‘ladi» belgisi bor vakansiyaga rezyume to‘ldirish shart emas. Bunday vakansiyada «Javob berish» tugmasi ostida «Rezyume shart emas: ish beruvchi ismingizni va siz bilan qanday bog‘lanishni ko‘radi» deb yozilgan.

    Akkauntda ism bo‘lsa va Telegram ulangan bo‘lsa, javob darhol ketadi. Bo‘lmasa — tugma ustida «Ismingiz» va «Telefon» maydonlari paydo bo‘ladi: ularni to‘ldiring va «Javob berish»ni yana bosing.

    Rezyumengiz bor bo‘lsa, ish beruvchi odatdagidek uni ko‘radi.

    Rezyumesiz javob bering
  8. Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laning

    Kartadagi «Bog‘lanish»ni bosing — kompaniya nomi hamda «Telefonni ko‘rsatish», «Chatda yozish» va «Telegramda yozish» tugmalari bor panel ochiladi. Panel uning tashqarisini bosganda yopiladi. Vakansiya sahifasida shu uch tugma maosh va manzil ostida turadi.

    «Telefonni ko‘rsatish»: saytga kirgan bo‘lsangiz, tugmada raqam va — ish beruvchi ko‘rsatgan bo‘lsa — mas’ul shaxs ismi paydo bo‘ladi; qo‘ng‘iroq qilish uchun uni bosing. Kirmagan bo‘lsangiz, sayt kirish sahifasini ochadi va sizni ortga qaytaradi: telefon saytga kirganlarga ko‘rinadi.

    «Chatda yozish» ish beruvchi bilan yozishmani saytning o‘zida ochadi; ish beruvchi xabarlarni faqat javob berganlardan qabul qilsa, bu tugma bo‘lmaydi. «Telegramda yozish» botimizni ochadi: u ish beruvchining telefonini va, unga Telegram'da yozish mumkin bo‘lsa, shu uchun tugmani ko‘rsatadi.

    Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘laning
  9. Vakansiyani saralanganlarga qo‘shing

    Kartaning burchagidagi yoki vakansiya sahifasidagi yulduzchani bosing. Saqlangan vakansiyalar ish izlovchi kabinetidagi «Saralanganlar» bo‘limida turadi. Yulduzchani yana bir marta bossangiz, vakansiya saralanganlardan chiqadi.

    Vakansiyani saralanganlarga qo‘shing
  10. Vakansiyada biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa

    Vakansiya sahifasida eslatma bor: ishga joylashish uchun pul to‘lamang. Rasmiylashtirish, kiyim yoki o‘qitish uchun pul so‘rashsa — bu firibgarlik.

    Vakansiya sahifasida javob tugmasi ostida «Shikoyat qilish» bor. Sababni tanlang — masalan, «Pul so‘rashyapti yoki firibgarlik» yoki «Bunday ish yo‘q», — xohlasangiz batafsil yozing va «Yuborish»ni bosing. Moderator tekshiradi.

Boshqa qo‘llanmalar