Yordam

Ish beruvchilar uchun

Vakansiyani o‘zgartirish, uzaytirish, to‘xtatish yoki yopish

E’lonni boshqarish — ish beruvchi kabinetidagi uning sahifasida.

  1. Kabinetda vakansiyani oching

    Ish beruvchi kabinetiga kiring. «Mening vakansiyalarim» bo‘limida har bir vakansiyaning holati, ko‘rishlar soni va javoblar soni ko‘rinadi. Keraklisini bosing: sahifasining tepasida e’lon raqami, holati, ko‘rishlar va tugmalar turadi.

    Kabinetda vakansiyani oching
  2. Ko‘rishlarni kuzating

    «Ko‘rishlar» — vakansiya sahifasini necha kishi ochgani. Bir kishi bir kunda bir marta hisoblanadi, sahifani necha marta yangilamasin. O‘zingiz kirganingiz hisobga olinmaydi.

  3. Vakansiyani o‘zgartiring

    «Chop etilgan», «To‘xtatilgan», «Ko'rib chiqilmoqda» yoki «Chop etilmadi» holatidagi vakansiyada «O‘zgartirish» tugmasi bor. U joylashdagi formaning o‘zini «Vakansiyani o‘zgartirish» sarlavhasi bilan, maydonlari to‘ldirilgan holda ochadi. Keraklisini tuzating va «Tekshiruvga yuborish»ni bosing.

    Chop etilgan vakansiya bunda hech qayerga yo‘qolmaydi: tahrirni moderator tekshiradi, uning qarorigacha odamlar e’lonni avvalgi ko‘rinishda ko‘radi. Kabinetdagi vakansiya sahifasida bu haqda belgi turadi. Tasdiqlansa — e’lon o‘z joyida o‘zgaradi, chop etilgan sanasi o‘sha-o‘sha qoladi; tasdiqlanmasa — avvalgidek qoladi, bot esa sababini yozadi. Javoblar saqlanadi.

    Vakansiyani o‘zgartiring
  4. Yana 30 kunga uzaytiring

    E’lon 30 kun faol bo‘ladi. Muddat tugashiga ikki kun qolganda bot Telegram'da e’lon hali dolzarbmi deb so‘raydi. «Yana 30 kunga uzaytirish»ni bosing — muddat bugundan boshlab qaytadan hisoblanadi.

  5. Vaqtincha to‘xtating va davom ettiring

    «Vaqtincha to‘xtatish» vakansiyani katalogdan olib tashlaydi: u qidiruvda ko‘rinmaydi, javob berib bo‘lmaydi. Holati — «To‘xtatilgan». «Davom ettirish» uni darhol, qayta tekshiruvsiz qaytaradi. 30 kunlik muddat to‘xtatilgan paytda ham o‘taveradi, to‘langan ko‘tarish esa to‘xtaydi va davom ettirilgach yana ishlaydi.

    Vaqtincha to‘xtating va davom ettiring
  6. Xodim topilganda yoping

    «Ish topildi — yopish»ni bosing. Sayt ogohlantiradi: ochiq javoblar yopiladi, belgilangan uchrashuvlar bekor qilinadi, javob yuborganlarga esa xabar boradi. «Ha, yopish» tugmasi bilan tasdiqlang. Vakansiya holati «Yopilgan» bo‘ladi, javob berib bo‘lmaydi. Javoblar kabinetda qoladi; shartlar bo‘yicha kelishayotgan nomzodlaringizga yopish ta’sir qilmaydi.

    Saytda e’lonni o‘chirib bo‘lmaydi: uni faqat to‘xtatib qo‘yish yoki yopish mumkin.

  7. Qayta joylang

    «Yopilgan» yoki «Muddati tugagan» holatidagi vakansiyada «Qayta joylash» tugmasi bor. U o‘sha vakansiyaning o‘zini darhol, qayta tekshiruvsiz va javoblari bilan birga qaytaradi. Muddat hali tugamagan bo‘lsa, bu shunchaki yopishni bekor qilish: chop etilgan sanasi va ro‘yxatdagi o‘rni avvalgidek. Muddat tugagan bo‘lsa, bu yangi joylash: sana yangi, u kuniga uchta vakansiya cheklovi hisobiga kiradi.

    Moderator olib tashlagan vakansiyani o‘zingiz qaytara olmaysiz. E’lon tekshiruvdan o‘tmagan bo‘lsa ham bu tugma bo‘lmaydi: «O‘zgartirish»ni bosing, tuzating — u yana tekshiruvga ketadi.

  8. Shunga o‘xshashini joylang

    «Shunga o‘xshashini joylash» tugmasi shu vakansiyadan to‘ldirilgan formani ochadi: ish, maosh, grafik, joy, telefon va shartlar. O‘zgargan joylarini tuzating va «Tekshiruvga yuborish»ni bosing. Yangi e’lon paydo bo‘ladi — oldingisi o‘zgarmaydi.

    Shunga o‘xshashini joylang
  9. Suhbat uchun savollar

    O‘sha sahifada «Suhbat uchun savollar» bo‘limi bor. «Savollar tayyorlash»ni bosing — sun’iy intellekt vakansiyangiz bo‘yicha nomzodga savollar tuzadi. Qaror sizniki.

Boshqa qo‘llanmalar